Jahon | 10:04 / 13.08.2016
5435
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Sudan BMT tinchlikparvar kuchlarini mamlakatda joylashtirish masalasini ko‘rib chiqdi

Janubiy Sudan rahbariyati, BMTning 4 ming nafar tinchlikparvar kuchlarini qabul qilishdan bosh tortdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

«Biz «hamkorlik»ni rejalashtirmayapmiz, chunki BMTning mamlakatimizni boshqarishini xohlamaymiz», — degan Janubiy Sudan prezidenti vakili Ateni Veu Ateni.

Bundan avvalroq, Janubiy Sudanga BMT tinchlikparvar kuchlarini kiritish tashabbusini ma'qullab tashkilot Xavfsizlik Kengashining 11 a'zosi ovoz bergan edi.