Jamiyat | 10:33 / 14.08.2016
5338
1 daqiqa o‘qiladi

Afroamerikalikning politsiyachi tomonidan o‘ldirilishi Miluokida tartibsizliklar keltirib chiqardi

AQShning Viskonsin shtatidagi Miluoki shahrida politsiyachi afroamerikalikni otganidan keyin tartibsizliklar kelib chiqqan. Bu haqda mahalliy nashrlarda yozilmoqda.

Namoyishchilar bir necha avtomobillarga va yoqilg‘i quyish shoxobchasiga o‘t qo‘ygan.

Politsiyachilar bilan to‘qnashuvlarda 100dan ortiq namoyishchilar ishtirok etgan.

Bundan oldinroq politsiyachilar ta'qib vaqtida qurollangan qora tanli yigitni otib qo‘ygani haqida xabar qilingandi.

"Gap Miluokida yashagan 23 yoshli yigit haqida bormoqda. U mart oyida shaxsiy qurol o‘g‘irlagan. U to‘pponcha bilan birga 500ta o‘q olib ketgan", deyilgan politsiya ma'lumotida.