Jamiyat | 22:24 / 14.08.2016
5418
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda toshqinda qolgan ayol va uning iti oxirgi lahzada qutqarib qolindi

13 avgustda AQShning Baton-Ruj shahriga (Luiziana shtati) 2 oylik yog‘ingarchilik miqdori tushdi. Yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan toshqinda kamida 3 kishi halok bo‘lgan, deb xabar bermoqda CNN.

Qutqaruvchilar toshqinda qolgan mashinada cho‘kayotgan keksa ayolni qutqarib qolishga muvaffaq bo‘lishdi. Qutqaruvchilar mashina tomini ochib, ayolni qo‘lidan chiqarib olishdi. Ayol qutqaruvchilardan uning itini topib berishni so‘ragan va qutqaruvchilar keyinroq itni ham suvdan chiqarib olishgan.

Gismeteo nashrining ma'lum qilishicha, rekord darajadagi yog‘ingarchilikka Meskika bo‘g‘ozidagi noodatiy iliq havo sabab bo‘lgan. Buning oqibatida atmosferaga ko‘proq nam ko‘tarila boshlagan. Luiziana shtati gubernatori favqulodda vaziyat e'lon qildi va Milliy gvardiya kuchlarini tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishga safarbar qildi.   

14 avgust tongiga kelib yomg‘ir miqdori 70 sm ni tashkil qilgan. Prognozlar bo‘yicha, kun oxirigacha yana 30-60 sm miqdorida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Oqibatda uylar suv ostida qolishi, tabiiy ofat esa g‘arb tomon tarqalishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish