Sport | 08:48 / 14.08.2016
7187
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik basketbolchi Tim Dankan Obama bilan birga Rioga uchishni rad etdi

AQSh Milliy basketbol uyushmasining 5 karra chempioni, yaqinda faoliyatini tugatishini e'lon qilgan taniqli basketbolchi Tim Dankan Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadaga AQSh prezidenti Barak Obama bilan birga prezident samolyotida uchishdan bosh tortdi. Bu haqda Sports Illustrated jurnaliga intervyuda uning klubdoshi Bryus Boen ma'lum qildi. 

"Timga Olimpiadaga AQSh prezidenti bilan birga uchish taklifi bildirildi. U buni men bilan muhokama qilgandi. Men undan "Sen buni qilasan, to‘g‘rimi?" deb so‘raganimda, bu u uchun emasligini aytdi", deb eslab o‘tdi Boen.

Boenning fikricha, ortiqcha e'tiborni xushlamaydigan Tim kamtarligi sababli taklifga rad javobini bergan.

Dankan joriy Olimpiadada ishtirok etmaydi. U AQSh basketbol terma jamoasi safida bir marotabagina Olimpiadada ishtirok etgan. U 2004 yilgi Afina Olimpiadasida "drim tim" safida basketbol musobaqasining yarim finalida argentinaliklarga sensatsion ravishda yutqazib, bronza medali sohibi bo‘lgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish