22:00 / 14.08.2016
10512

APL. 1-turning markaziy uchrashuvida 7ta gol urildi

Angliya premer-ligasining birinchi turidagi markaziy uchrashuv sifatida kutilgan «Arsenal» - «Liverpul» uchrashuvi ishonchlarni oqladi. O‘yin davomida muxlislar 7ta gol guvohi bo‘lishdi.

"Kanonirlar" 31-daqiqada hisobni ochishdi, bu vaziyatda biroz oldinroq penaltidan gol ura olmagan Teo Uolkott bir himoyachini aldab o‘tib uzoq burchakni aniq nishonga oldi. Lekin birinchi bo‘limning oxirida Filippe Koutino jarima zarbasidan bergan zarbani Petr Chex qaytara olmadi - 1:1.

Ikkinchi bo‘lim boshida Adam Lallana «Liverpul»ni olg‘a olib chiqdi. 56-daqiqada Koutino dublni rasmiylashtirdi, 5 daqiqa o‘tib esa Yurgen Kloppning yangi xaridi bo‘lmish  Sadio Mane oradagi farqni 3taga oshirdi.

Arsen Venger shogirdlari hisob 1:4 ko‘rinishini olgach, taslim bo‘lishmadi va hujum qilishda davom etishdi. Avvaliga Aleks Oksleyd-Chemberlen, keyinroq Kalum Chembers o‘z hisoblariga bittadan gol yozishdi, lekin to‘rtinchi javob goli urilmadi - 3:4.

Arsenal – Liverpul 3:4
Gollar: 1:0 – 31 Uolkott, 1:1 – 45 Koutino, 1:2 – 49 Lallana, 1:3 – 56 Koutino, 1:4 – 63 Mane, 2:4 – 64 Oksleyd-Chemberlen, 3:4 – 75 Chembers.
Arsenal – Chex, Xolding, Chembers, Belerin, Monreal, Ivobi (Oksleyd-Chemberlen, 59), El-Nenni (Chaka, 67), Uolkott, Remzi (Kasorla, 61), Sanches, Koklen.
Liverpul – Minole, Lovren, Klavan, Moreno, Klayn, Koutino (Jan, 70), Veynaldum (Styuart, 88), Firmino, Xenderson, Mane, Lallana (Origi, 76).
Ogohlantirishlar: Lallana (26), Moreno (29), Koklen (37), Lovren (41), Ivobi (57), Chaka (86).

Top