Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentina Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oladi
Argentina prezidenti Maurisio Makri hukumati Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olishdan bosh tortmaydi. Bu haqida mamlakat tashqi ishlar vaziri Susana Malkorra xorijiy OAVga bergan intervyusida ma'lum qildi.
"Biz Falastin Davlati siyosatini qo‘llab-quvvatlaymiz", - dedi vazir.
Iyun oyida Argentina YuNeSKOning "Falastin istilosi" nomli hujjatini imzolagan.
"Biz har bir rezolyutsiyani diqqat bilan o‘rganib chiqmoqdamiz", - deya ma'lum qildi Malkorra. Shuningdek u xalqaro tashkilotlarda faoliyat olib boruvchi barcha vakillarni "ehtiyotkor bo‘lish"ga chaqirdi.
Argentina 2010 yilda prezident Kristina Fernandes de Krishner rahbarligi ostida Falastinni mustaqil davlat sifatida rasman tan olgan.