Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladesh qirg‘oqlari yaqinida hind kemasi cho‘kib ketdi
13 avgustda hind baliq tutuvchi trauleri Maha Gouri Bangladesh qirg‘oqlari yaqinida cho‘kib ketdi. Undagi kamida 17 baliqchi bedarak yo‘qolgan, deb Bangladesh mudofaa vazirligi vakili Tapushi Rabeyaga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda Frans Press axborot agentligi.
Bangladesh harbiy-dengiz kuchlari vakilining ma'lum qilishicha, traulerga hamrohlik qilgan kema falokat signalini bergach, ikkita harbiy kema va patrul samolyoti traulerni qidirishga jo‘natilgan.
"Trauler Bengal bo‘g‘ozida Sundarbandagi Xiron Poynt ko‘prigidan 40 dengiz mili uzoqligida cho‘kib ketgan", deb aytdi manba.