DisplayMate talqini bo‘yicha Samsung Galaxy Note7 eng yaxshi displeyga ega deb e'tirof etildi
Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi mahsulotlari ilg‘or to‘plamlardan foydalangani tufayli eng yaxshi qurilma maqomiga birinchi marotaba egalik qilayotgani yo‘q. Galaxy Note7 modeli ham o‘zining ekrani bilan nufuzli DisplayMate laboratoriyasining mutaxassislari tomonidan eng ilg‘or texnologiyaga ega displey deb topildi.
DisplayMate ekspertlari 2560 × 1440 pikselli Super AMOLED matritsanining qobiliyatini sinchkovlik bilan tekshirib, bozordagi raqobatchilar tahlili bilan solishtirishdi va qat'iy xulosaga kelishdi.
Samsung Galaxy Note7 matritsasi birdaniga bir necha rekord ko‘rsatkichlarni qayd etdi:
- 1000 nitga yetuvchi eng yuqori tiniqlik;
- rangli gammaning eng keng diapazoni;
- eng yuqori kontrast darajasi;
- aks ettirishning eng past koeffitsiyenti (bor-yo‘g‘i 4,6 foiz).
Shuningdek, ekspertlar Galaxy Note7 displeyining sozlamalarini, jumladan, tungi ish rejimi tanlanganida ekran rangini o‘zgartirish uchun ishga tushadigan rangli filtrni ham e'tibordan chetda qoldirishmadi. «Iliq» ranglarga o‘tish hisobiga yetarlicha bo‘lmagan yorug‘lik sharoiti yoki kunning ikkinchi yarmida smartfonning tomosha qulayligi ortadi. Birdaniga ikkita ichki yorug‘lik datchiklarining mavjudligi avtomatik yorqinlik sozlagichni maksimal darajada ravshan va kichik tashqi o‘zgarishlarga ham sezgir qiladi.
Samsung Galaxy Note7 ekrani tadqiqot natijalariga ko‘ra «juda yaxshi»dan «qoyilmaqom» bahosini oldi.