Jahon | 15:28 / 14.08.2016
5622
1 daqiqa o‘qiladi

Eron Rossiya bilan hamkorlikda ikki yangi AESni barpo qiladi

© RIA Novosti

Tehron Moskva bilan hamkorlikda ikki yangi AESni quradi. Bu haqida Shana agentligi xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, mamlakat parlamenti o‘nta AES bunyod qilinishi uchun Eronni 20 ming megavatt elektr energiyasi bilan ta'minlash zarurati haqida ma'lum qilgan. 

Eronning atom energiya tashkiloti (EAET) elektr stansiyalari qurilishi rejasini tayyorladi. Bir paytning o‘zida o‘nta obektni barpo qilishning iloji yo‘qligi tufayli hozirda ikki obektning qurilishi kun tartibiga qo‘yilgan. 

Rossiya va Eron 2014 yilning noyabrida Moskvada atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish va Rossiya texnologiyasi bo‘yicha Eronda sakkizta AES blogini qurish imkoniyatini ochishga doir hamkorlik aloqalarini kengaytiruvchi bir qator hujjatlarni imzolashgan.
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish