Sport | 15:08 / 14.08.2016
3837
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya Superkubogi. Dortmundda «Borussiya» «Bavariya»ni qabul qiladi

Dortmundning «Borussiya» jamoasi «Signal Iduna Park» stadionida Germaniya Superkubogi uchun «Bavariya»ga qarshi maydonga chiqadi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:30da boshlanishi belgilangan.

Dortmundliklar o‘tgan mavsumda mamlakat Kubogini qo‘lga kiritgandi,  «Bavariya» esa Bundesliganing amaldagi chempioni sifatida maydonga tushadi.

Bungacha bu ikki jamoa Germaniya Superkubogi uchun 4 marta bahs olib borgan. Uch marta «Borussiya» futbolchilari g‘alabani nishonlagan, bir safar «Bavariya» futbolchilari ustun kelgan. Jamoalarning Superkubok uchun oxirgi uchrashuvi 2014 yil avgustida ro‘y bergan va unda «Borussiya» 2:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish