Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 21:05 / 14.08.2016
5791
1 daqiqa o‘qiladi
Germaniyada qochqinlar lagerida yong‘in chiqdi
Germaniyaning Kassel shahridagi sobiq aeroport hududida joylashgan qochqinlar lagerida qattiq yong‘in chiqdi. Internetda voqea joyidan birinchi lvhalar paydo bo‘ldi.
Videoda 800 ga yaqin kishi joylashgan bino ustida quyuq qora tutun ko‘tarilayotganini ko‘rish mumkin. Umumiy hisobda 20 ga yaqin turar joy bloki yong‘inda qolgan.
Ma'lum qilinishicha, yong‘in oqibatida kamida 10 kishi jarohat olgan, halok bo‘lganlar haqida ma'lumot berilmagan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish