23:59 / 14.08.2016
5603

Google kompaniyasi Android’ni mukammalroq operatsion tizim bilan almashtirmoqchi

Google kompaniyasi kelajakda Android va Chrome OS operatsion tizimlarining o‘rnini egallaydigan mukammalroq operatsion tizimni yaratishni boshladi. Bu haqda The Next Web ma'lum qildi. 

Kompaniya yangi operatsion tizim ustida ish boshlaganini rasman e'lon qilmadi, biroq operatsion tizim haqidagi ilk ma'lumotlar GitHub servisida chop etildi. Tizim Fuchsia deb nomlanib, Magenta yadrosi negizida ishlaydi. U ARM arxitekturasidagi 32 va 64 bitli protsessorlarda va 64 bitli kompyuter protsessorlarida ishlaydi. 

Bundan tashqari, Magenta yadrosi tizimga keng tarqalgan internet buyumlar platformalari, jumladan FreeRTOS va ThreadX bilan samaraliroq ishlashga imkon beradi. Kompaniya shu tariqa foydalanuvchilarning kompyuterlari va mobil qurilmalarini OnHub va Google Home uy ekotizimlari bilan birlashtirishni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.  

Google muhandislaridan biri Brayan Svetlandning aytishicha, kompaniyada eng boshidan yangi operatsion tizimni chetki ishlab chiqaruvchilar uchun ochiq qilishga qaror qilingan.

Top