Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadada ayiq 10 yoshli qizchaga hamla qildi
Kanadaning Port-Kokuitlam shahrida urg‘ochi ayiq 10 yoshli qizga hamla qildi, deb xabar bermoqda CBC News.
Ta'kidlanishicha, qizcha hamla oqibatida og‘ir jarohatlar olgan.
Politsiyachilar ayiqni otib o‘ldirishgan, chunki ayiq odamlar yig‘ilgan joyni tark etmagan va ularga xavf solgan.
Ayiq qizchaga tashlanganda uning yonida ayiq bolasi bo‘lgan. U hozir izlanmoqda. Politsiyada agar ayiq bola ham xavf tug‘dirsa, otib tashlashi mumkinligi aytilgan.
Hukumat odamlardan voqea joyidan uzoqroqda qolishni so‘ramoqda. Voqea sabablari tergov qilinmoqda va bu holat ayiq odamlardan qo‘rqmay qo‘ygani sababli yuz bergan bo‘lishi mumkinligi aniqlashtirilmoqda.
Odamlardan ko‘chalarga oziq-ovqat qoldiqlarini tashlamaslik va daraxtlardan mevalarni uzmaslik iltimos qilingan, chunki bu yovvoyi hayvonlarni jalb qilishi mumkin.