Jahon | 12:42 / 14.08.2016
7385
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda terrorchilik xavfining «to‘q sariq» darajasi muhlati uzaytirildi

Qozog‘istonda 2017 yilning 15 yanvariga qadar terrorchilik xavfining «to‘q sariq» darajasi amalda bo‘ladi. Bu haqda Qozog‘iston respublikasi milliy xavfsizlik qo‘mitasi bayonotiga asoslanib RIA «Novosti» xabar berdi.

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida iyun oyi boshida qurollangan guruh qurol do‘konlari va harbiy qismga hujumlar uyushtirgandi. Hujum oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi. Kuch ishlatar tuzilmalar 18 nafar jangarini yo‘q qildi va 9 kishini qo‘lga oldi.

6 iyun kuni 40 kun muddatga terrorchilik xavfining "to‘q sariq" darajasi e'lon qilindi. 16 iyul kuni bu muddat yana 30 kunga uzaytirilgandi.