Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lotereyada 6 mln yevro yutib olgan belgiyalik yutuqni olib ketish uchun berilgan vaqtni o‘tkazib yubordi
26 mart kuni lotereyada 6 mln yevro yutib olgan bryussellik yutuqni olib ketish uchun berilgan muhlat, ya'ni 13 avgust kunigacha ham kelmadi. Bu haqda jurnalistlarga milliy lotereya vakili ma'lum qildi.
G‘olibni topish uchun lotereya vakillari gazetalarda frantsus, holland va nemis tillarida, shuningdek, lotereya sotadigan hududlarda e'lon berdi.
Bu milliy lotereya tarixidagi eng katta summali yutuq bo‘lgan edi. Yutuqli bilet 13 avgustga amalda bo‘lgan.
2008 yilda ham Belgiyada 1 mln yevro yutuqli biletning egasi chiqmagan edi.
Belgiya tarixidagi eng katta summali yutuq 2007 yilda EuroMillions lotereyasida chiqqan. Yutuq qiymati 100 mln yevroni tashkil qilgan.