Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimpiadaning 23 karra chempioniga aylangan Felps faoliyatini yakunlashga qaror qildi
Amerikalik suzuvchi Maykl Felps AQSh terma jamoasi safida 23 karra Olimpiada chempioniga aylangach, bu Rio-olimpiadasi o‘z faoliyatidagi oxirgisi ekanini ma'lum qildi.
"Men hovuz yoqasiga borganimda yig‘lab yuborgudek bo‘ldim. Terma jamoa bilan oxirgi marta mashg‘ulot o‘tkazdim, oxirgi marta bu libosni kiydim. Oxirgi marta minglab muxlislar qarshisida suvga sakradim", degan Felps.
AQSh terma jamoasi 4x100 estafeta musobaqasida finishga birinchi bo‘lib yetib keldi (3 daqiqa-yu 27,95 soniya). Bu Olimpiadaning yangi rekordi bo‘ldi. Jamoa safida Maykl Felps, Rayan Merfi, Kodi Miller va Natan Adrian kabi sportchilar bor edi. Kumush medal Buyuk Britaniya termasiga, bronza avstraliyaliklarga nasib etdi.
Beshta Olimpiada (Sidney–2000, Afina–2004, Pekin–2008, London–2012 va Rio–2016) da ishtirok etgan 31 yoshli Felps hisobida 23ta oltin medaldan tashqari 3ta kumush va 2ta bronza medallari mavjud. U Rio-2016 olimpiadasi vaqtida 5ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.