08:33 / 14.08.2016
21970

Rio-2016, boks. Bahodir Jalolov tajribali raqibini nokautga uchratdi

Rio-2016 olimpiadasida boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakili Bahodir Jalolov (+91) venesuelalik Edgar Munosga qarshi ringga chiqdi.

O‘zbekistonlik sportchi raqibining tajribali ekaniga qaramay, unga hech qanday imkon qoldirmadi. Bir nechta zarbani o‘tkazib yuborgan Munos texnik nokautga uchradi.

O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasining chorak finaldagi raqibi britaniyalik Jozef Joys bo‘ladi. Jang 17 avgust kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Top