Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rio-2016: Puerto-rikolik tennischi o‘z vataniga birinchi Olimpiada oltin medalini keltirdi
Puerto-rikolik ayol tennischi Monika Pyuig o‘z vatani tarixida birinchi Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi. Pyuig ayollar orasida yakka tartibdagi musobaqaning finalida Riodagi 2-raqamli tennischi, germaniyalik Angelika Kerberni mag‘lub etdi.
Uchrashuv 6:4, 4:6, 6:1 hisobi bilan yakunlandi. Bronza medal uchun bahsda chexiyalik Petra Kvitova amerikalik Medison Kizni mag‘lub etdi.
Pyuigning medali Puerto-Riko tarixidagi birinchi Olimpiada oltin medali bo‘ldi. Sportchi g‘alabaga erishgandan keyin o‘z hissiyotlarini ushlab tura olmadi: u kortga tizzalari bilan o‘tirib, yig‘lab yubordi.