19:40 / 14.08.2016
9837

Rio-2016, yunon-rum kurashi. Tasmurodov yarim finalda

Rio-2016 olimpiadasining yunon-rum kurashi bo‘yicha bahslarida 59 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Elmurot Tasmurodov chorak finaldagi bellashuvni ham g‘alaba bilan yakunladi.

Shimoliy koreyalik Yun Von Cholga qarshi chiqqan Tasmuratov yaqqol ustunlik qildi va ochkolar hisobi 9:0 yetganida bahs avtomatik ravishda to‘xtatilib, O‘zbekiston vakili muddatidan oldin g‘alaba qozongan holda yarim finalga chiqdi.

Uning navbatdagi raqibi kubalik Ismail Barreyro Molina bo‘ladi.

Top