Rio-2016. O‘zbek bokschilarining 13 avgust kunidagi janglari (video)
13 avgust kuni Rio olimpiadasida turli vazn toifalarida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan bokschilar ringga ko‘tarilishdi. Quyida ular ishtirokidagi jangning videosini ko‘rishingiz mumkin.
Rio—2016 olimpiadasi doirasida 69 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shahram G‘iyosov 1/4 final bahsida ringga ko‘tarildi.
U kubalik raqibi Roynel Iglesiasni 3 raundlik jang natijasiga ko‘ra mag‘lub etdi va finalga chiqdi. Yakuniy natija — 3:0 (30:27, 29:28, 29:28).
91 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasining yarim finalida O‘zbekiston vakili Rustam To‘laganov rossiyalik Yevgeniy Tishchenkoga qarshi ringga chiqdi va yutqazdi. Yakuniy natija 0:3 (9:10, 9:10, 9:10).
To‘laganov bronza medal bilan kifoyalanadigan bo‘ldi.
52 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi Rio—2016 musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shahobiddin Zoirov 1/16 final bahsida ringga ko‘tarildi.
23 yoshli Zoirov 20 yoshli irlandiyalik raqibi Irvin Brendan Emmetnidan yaqqol ustunlik qildi. Yakuniy natija — 3:0 (30:27, 30:26, 30:27).