Rossiya qilichbozlik terma jamoasi bosh murabbiyi o‘z shogirdlariga bahsda yutqazib qo‘ydi
Rossiya qilichbozlik terma jamoasi bosh murabbiyi Ilgar Mamedov o‘z shogirdlariga bahsda yutqazib qo‘ydi va endi sochini kalga oldirishiga to‘g‘ri keladi. Bunga esa sportchilarning ikkinchi oltin medali sabab bo‘ldi.
"Agar ikkita oltin medal bo‘lsa, sochimni kalga oldirib tashlashimni aytgandim", deb buning sababini tushuntirmoqda Mamedov.
Rapirachilar Alekseya Cheremisin, Timur Safin va Artur Axmatxuzin terma jamoa tarkibida ikkinchi Olimpiada oltin medalini keltirganlaridan keyin, endi murabbiy va'dasini bajarishiga to‘g‘ri keladi.
"Sportchilarimiz kecha ikkinchi oltin medalni keltirishga ulgurmaslaridanoq, smslar kela boshladi: "Biz kutmoqdamiz, bo‘la qoling. Qachon bizga tomosha ko‘rsatasiz?, deb Velikaya yozdi. Ular meni o‘rtoqlari qilib olishgan, meni mazah qilishmoqda. Men agar rejani bajarsak, sochimni kalga olib tashlashga va'da bergandim. Mana endi ular sms yuborib, qachon tomosha ko‘rsatasiz deb so‘rashmoqda. Tasavvur qilyapsizmi?", deb aytdi Mamedov.
Rossiya qilichbozlik terma jamoasiga birinchi oltin medalni Yana Yegoryan keltirgandi. U ayol qilichbozlar o‘rtasidagi musobaqa finalida jamoadoshi Sofya Velikaya ustidan g‘alaba qozongandi.