Ruminiyalik yigit qaltis yo‘l bilan o‘z yoriga turmushga chiqish taklifini bildirdi
Ruminiyalik yigit, ehtimol, o‘z yoriga eng qaltis turmushga chiqish taklifini bildirdi. Yigit Aleksandra ismli yoridan unga turmushga chiqishni so‘rash uchun haqiqiy politsiya qurshovini uyushtirdi.
Boshiga niqob kiyib olgan bir necha politsiya kiyimidagi erkaklar yigit va qiz ketayotgan mashinani to‘xtatib, ularni tashqariga olib chiqib, yerga yotqazib qo‘yishgan. Hech nimadan xabari yo‘q va bo‘layotgan voqealardan qo‘rqib ketgan qiz mashina orqasiga olib o‘tilganda u yerda uni nikoh uzugini qo‘lida ushlab turgan yori kutib turgan bo‘lgan.
Albatta, bunday "kutilmagan sovg‘adan" qizning ichida qanday tuyg‘ular kechganini bilish murakkab, biroq qizning aft-angoridan u bo‘lgan voqeadan uncha ham xursand emasligini ko‘rish mumkin bo‘lgan. U bularning barchasi uyushtirilganini fahmlab biroz o‘ziga kelgach, rozilik javobini bergan.