Jahon | 12:04 / 14.08.2016
8563
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiya Kiprdagi harbiylarini olib chiqishdan bosh tortdi
Turkiya yana bir marta Gretsiyaning Shimoliy Kiprdan harbiylarini olib chiqish bo‘yicha talabini rad etdi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar tarqatdi.
Bundan oldinroq Gretsiya TIV Shimoliy Kiprdan turk harbiylari olib ketilishi "Kipr muammoasini hal etishning asosi" ekani haqida ma'lum qilgandi.
"Biz Gretsiya tomoni Turkiyadagi isyon bo‘yicha o‘tkazilyotgan yuridik jarayonga maqsadsiz aralavshuvini to‘xtatishini kutamiz", deyilgan Turkiya TIV bayonotida.
1974 yili Kipr orolining shimoliy qismida turklarning Shimoliy Kipr respublikasiga asos solingandi. Ayni vaqtda bu davlatni faqat Turkiya tan olgan.