Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada TRT teleradiokompaniyasining 42 jurnalisti hibsga olindi
Turkiyada yana 40dan ortiq jurnalist mamlakatdagi harbiy davlat to‘ntarishiga urinishga aloqadorlikda gumon qilinib, qo‘lga olingan. Hurriyet agentligi jurnalistlar assotsiatsiyasiga asoslanib bergan xabarga ko‘ra, TRT teleradiokompaniyasi xodimlari isyondan keyin boshlangan yalpi tozalash tadbirlari doirasida qo‘lga olingan.
Assotsiatsiya xabariga ko‘ra, ayni vaqtga kelib hibsga olish uchun order berilgan jurnalistlar soni 100dan ortdi.
Platform for Independent Journalism (P24) tashkiloti ma'lumotiga ko‘ra, Istanbulda 11 avgust kuni TRT xodimlaridan 42 nafari hamda Zaman gazetasi muxbiri Aychenur Parildak qo‘lga olingan. Qo‘lga olingan telejurnalistlar orasida boshlovchilar ham borligi aytilgan.