O‘zbekiston | 15:27 / 15.08.2016
6989
3 daqiqa o‘qiladi

16 avgust kuni Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

O‘zbekistonda 16 avgust, seshanba kuni havo harorati biroz tushib, aksar viloyatlarda bulutli havo kuzatiladi. Bu haqda «O‘zgidromet» markazi xabar bermoqda.

16 avgust kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol kuchayib, sekundiga 12-17 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi 18-20, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi  20-25,  kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, ba'zi tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba'zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18-23, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.     

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, ba'zi tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba'zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha  kuchayishi mumkin. Kechasi 18-23, kunduzi 31-36 daraja issiq bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi ba'zi joylarda kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi  mumkin. Kechasi 13-18,  kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.