Light | 17:06 / 15.08.2016
15832
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyadagi antiqa temir yo‘l kesishmasi

Avstraliyaning Kuinslend shtati Rokhempton shahridan uncha uzoq bo‘lmagan hududda nomi ham antiqa bo‘lgan g‘aroyib joy mavjud. Bu joy  — "temir yo‘l chorrahasi" deb ataladi. Buning sababi, bu yerda ikkita temir yo‘l izi deyarli to‘g‘ri burchak ostida o‘zaro kesishadi. Ma'lum bo‘lishicha, bu o‘ziga xos temir yo‘l chorrahasi hisoblanadi.

Temir yo‘llardan biri mahalliy shakar zavodiga tutashgan. Poyezd tarkibi u yerdan yo‘lga chiqqanda, mashinist qurilma yordamida relslarni pastga tushiradi va chorrahadan o‘tib oladi. Tarkib o‘tib bo‘lgach, relslar avtomatik tarzda yana ko‘tariladi. Ikkinchi yo‘l tezyurar poyezdlar harakati uchun mo‘ljallangan.  Ularning tezligi ba'zan soatiga 160 kmni tashkil etishi xabar qilinmoqda. Tezyurar poyezdlar mazkur "temir yo‘l chorrahasini" odatdagidek kesib o‘tadi.

Tezyurar poyezdlar yaqinlashayotgan vaqtda, relslarni tushirish moslamasi ishlamaydi. Agar, shakar zavodidan chiqqan poyezd mashinisti uni ishga tushirmoqchi bo‘lgan taqdirda ham, himoya mexanizmi relslarni qiyalikka tushirib yuboradi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish