17:42 / 15.08.2016
5571

Babayan Burkina-Fasoga qarshi o‘yin uchun 24 kishilik tarkibga 3 darvozabon va 2 hujumchi kiritdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan 24 avgust kuni Burkina-Faso milliy terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yiniga chaqirilgan futbolchilar nomini e'lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi saytida ma'lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘yin O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati 3-saralash bosqichi ilk turida Suriyaga qarshi o‘yindan oldin o‘tkazadigan so‘nggi o‘rtoqlik o‘yini hisoblanadi. Aynan Burkina-Fasoga qarshi o‘yindan so‘ng milliy terma jamoa bosh murabbiyi Suriyaga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar nomini e'lon qiladi.

Ta'kidlash lozim, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Burkina-Fasoga qarshi o‘yin oldidan 20 avgust kuni Toshkentga yig‘inga kirishadi va Babayan mazkur yig‘inga jami 24 nafar futbolchini jalb etgan. Mazkur o‘rtoqlik uchrashuvi uchun xorijda to‘p surayotgan bir qator legioner futbolchilar ham chaqirilgan. Faqatgina, Odil Ahmedov (“Krasnodar”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv”, Moskva), Sardor Rashidov (“Al Jaish”, Qatar) hamda Sanjar Tursunov (“Um Salal”, Qatar) kabi futbolchilar mazkur yig‘inda ishtirok eta olishmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Burkina-Fasoga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi 24 avgust kuni Paxtakor stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Burkina-Faso terma jamoasiga qarshi o‘yinga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati:

Darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)
Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”)
Eldorbek Suyunov (“Nasaf”)

Himoyachilar:
Stanislav Andreyev (“Paxtakor”)
Aleksandar Merzlyakov (“Buxoro”)
Anzur Ismoilov (“Chanchun Yatay”, Xitoy)
Ruslan Melziddinov (“Buxoro”)
Yegor Krimets (“Beyjing Guoan”, Xitoy)
Azim Ahmedov (“Paxtakor”)
Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”)
Davron Hoshimov (“Paxtakor”)

Yarim himoyachilar:
Marat Bikmayev (“Lokomotiv”)
Jasur Hasanov (“Qizilqum”)
Aziz Haydarov (“Ash Shabob”, BAA)
Salamat Qutiboyev (“Buxoro”)
Javohir Sohibov (“Paxtakor”)
Otabek Shukurov (“Bunyodkor”)
Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”)
Doston Hamdamov (“Bunyodkor”)
Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”)
Shoxruz Norxonov (“Obod”)
Server Jyeparov (“Lokomotiv”)

Hujumchilar:
Igor Sergeyev (“Beyjing Guoan”, Xitoy)
Zohid Abdullayev (“Metallurg”).

Top