Jamiyat | 17:37 / 15.08.2016
6865
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropaning 12 mamlakatida saraton o‘limning asosiy sababi ekanligi aniqlandi

Saraton kasalliklari Yevropaning 12 mamlakatida o‘limga olib keluvchi sabablar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Dunyo miqyosida esa bu ro‘yxatda yurak va qon tomir kasalliklari yetakchilik qiladi. Reytingning to‘liq ro‘yxati European Heart Journal'da berilgan. 

Yevropada yurak-qon tomir kasalliklari har yili 4 million kishining hayotiga zomin bo‘ladi, biroq bunday kasalliklarni davolash borasida erishilgan muvaffaqiyatlar umumiy o‘lim holatlarida ularning hissasini kamaytirdi. 

Qon-tomir kasalliklari natijasidagi o‘lim darajasini pasaytirgan mamlakatlar ro‘yxatiga Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya, Sloveniya va Fransiya kiradi. Shuningdek olimlar yurak-qon tomir kasalliklari bilan kurashda muvaffaqiyatga erishgan, YeI a'zosi bo‘lmagan ikki davlat - Norvegiya va Isroil ma'lumotlarini tahlil qilib chiqishdi. 

"Bu raqamlar Yevropa mamlakatlari orasida yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim darajasi bo‘yicha qayd etilgan tengsizlikni tasdiqlaydi. Saraton kasalligi o‘limning asosiy sababi sifatida yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘zib ketgan 12 mamlakatning hammasi G‘arbiy Yevropada joylashgan, ulardan to‘qqiztasi 2004 yilga qadar Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirgan", - deya natijalarni izohlaydi izlanish rahbari, Oksford universiteti katta tadqiqotchisi Nik Taunsend.