Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isinbayeva: Olimpiadada kim langarcho‘pda sakrash bo‘yicha g‘olib bo‘lsa ham, aslida u ikkinchi bo‘ladi
Ikki karra Olimpiya chempioni Yelena Isinbayevaning 2016 yilgi o‘yinlarda ishtirok etishiga ruxsat berilmagani sabab, Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiada o‘yinlarining ayollar o‘rtasida langarcho‘pda sakrash bo‘yicha chempionining natijasi har doim shubha ostida bo‘ladi, degan sportchining o‘zi jurnalistlarga bergan intervyusida.
Rossiyalik sport ustasi ushbu mavsumda jahondagi ikkinchi natijani qayd etgan, u Cheboksarida bo‘lib o‘tgan Rossiya chempionatida - 4,90 m natijani ko‘rsatgan edi. Undan yaxshiroq natijani amerikalik Sandi Morris (4,93) namoyish etgan.
"Birinchi bo‘lganlarga nima ham derdim? Ular baribir ikkinchi bo‘lishadi", - degan Isinbayeva.
Isinbayeva Olimpiya o‘yinlari poytaxti Rio-de-Janeyro shahriga XOQ sportchilari komissiyasiga nomzod sifatida yetib keldi. Komissiyaning yangi tarkibi O‘yinlar yakuniga yetgach, Olimpiadada ishtirok etgan sportchilarning ovoz berishi orqali saylanadi.
Avvalroq, Rossiya delegatsiyasining rahbari Igor Kazikov, rossiyalik sportchilar Isinbayeva nomzodini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan edi. Hozirda, XOK sportchilar komissiyasida Rossiyani suzish bo‘yicha to‘rt karra olimpiya chempioni Aleksandr Popov namoyon etadi.
Isinbayeva 2004 va 2008 yillarda Olimpiya chempioni bo‘lgan. 2012 yilgi London Olimpiadasida bronzani qo‘lga kiritgan. Sportchi o‘z faoliyati davomida 28 marta jahon rekordini o‘rnatgan.