Iqtisodiyot | 22:08 / 15.08.2016
5252
1 daqiqa o‘qiladi
Qozog‘iston milliy banki tayanch stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi
Qozog‘iston milliy banki tayanch stavkani 13 foiz darajasida qoldirdi, deb xabar bermoqda bank matbuot xizmati.
"Qozog‘iston milliy banki tayanch stavkani 13 foiz darajasida +/-1 foizlik koridor bilan qoldirishga qaror qildi, bu inflyatsiya bo‘yicha 6-8 foiz miqdorida maqsadli koridorga erishish va uni 12 oy mobaynida va 2017 yil oxirigacha saqlab qolish zarurati bilan bog‘langan", deyilmoqda xabarda.
Bir oy avval Qozog‘iston milliy banki tayanch stavkani 15 foizdan 13 foizga tushirishga qaror qilgandi.
Tayanch stavka bo‘yicha keyingi qaror 2016 yil 3 oktabrda e'lon qilinadi.