Jamiyat | 15:59 / 15.08.2016
3613
1 daqiqa o‘qiladi

Nepalda yo‘lovchi avtobusi bilan yo‘l transport hodisasi ro‘y berdi

Kamida 40 nafar kishini olib ketayotgan avtobus Nepalning Kavrepalanchok okrugida yo‘ldan chiqib ketib, 150 metr pastlikka qulab ketgan, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.

Xabarlarga ko‘ra, avtobus mamlakat poytaxti Katmandudan kelayotgan bo‘lgan. Jabrlanganlar yoki qurbonlar haqida, voqeaning sababi xususida ma'lumotlar mavjud emas.