Jahon | 17:56 / 15.08.2016
4800
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: Sheremetning o‘ldirilishi bilan bog‘liq surishtiruv ishlarida olg‘a siljish ko‘zga tashlanmoqda
Ukraina politsiyasi jurnalist Pavel Sheremetning o‘limini uyushtirganlikda gumon qilinayotgan ikki kishining shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan, deb xabar qilmoqda "Obozrevatel" internet-nashri huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayangan holda.
Eslatib o‘tamiz, Pavel Sheremet shu yilning 20-iyulida boshqaruvidagi avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilmaning ishga tushishidan halok bo‘lgan edi. Jurnalist o‘n yilga yaqin Rossiya televideniyesi, xususan Birinchi kanalda ishlagan. Oxirgi besh yil mobaynida Kiyevda istiqomat qilgan va "Ukrainskaya pravda" internet-nashri va "Radio Vesti" bilan hamkorlik qilgan. Tergov tomonining asosiy taxminiga ko‘ra, u kasb faoliyati yuzasidan qasos olish qurboni bo‘lgan.