Sport | 07:54 / 15.08.2016
11521
1 daqiqa o‘qiladi

Olimpiadadan qaytgan rossiyalik dzyudochilar aeroportning o‘zida lezginka raqsini ijro etishga tushib ketishdi

14 avgustda dzyudo bo‘yicha Rossiya terma jamoasi Sheremetevo aeroportida kutib olindi. Sportchilarni nafaqat muxlislari, balki ularning Kabardino-Balkariya va ingushetiyalik yaqinlaridan iborat delegatsiyalar kutib oldi.

Chempionlar kelishidan avvaloq aeroport zalida yuzlab muxlislar yig‘ilishdi. Tiqilinch bo‘lmasligi uchun hattoki politsiya chaqirtirildi. 

Riodagi Olimpiada g‘oliblari Beslan Mudranov va Xasan Xalmurzayev bunday qizg‘in qabuldan biroz xijolat ham bo‘lishdi. Jo‘shqin kuylar va "assa" hayqiriqlaridan Mudranov o‘zini ushlab turolmay, lezginka raqsini ijro etishga tushib ketdi.  

22 yoshli Xalmurzayev esa agar oltin medal yutsa, uylanishga va'da bergandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish