Jahon | 23:11 / 15.08.2016
8191
1 daqiqa o‘qiladi

Ozarbayjon bosh prokuraturasi Gulen tarafdorlariga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Foto: © AP

Ozarbayjon bosh prokuraturasi Turkiyada davlat to‘ntaruviga urinishni tashkillashtirishda ayblanayotgan muxolif imom Fathulla Gulenning Ozarbayjondagi tarafdorlariga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Eldar Sultonov ma'lum qildi. 

"Ozarbayjon hududida Fathulla Gulen terrorchilik tashkiloti tarafdorlarining noqonuniy harakatlarini bartaraf etish maqsadida ularga qarshi mamlakat bosh prokuraturasida Ozarbayjon Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoiy ish qo‘zg‘atildi", deb aytdi Sultonov.

Sultonovning aytishicha, ayni vaqtda ushbu jinoiy ish bo‘yicha tergov-tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda.