Jahon | 18:04 / 15.08.2016
4400
1 daqiqa o‘qiladi

Peruda yuz bergan zilzila qurbonlari soni ortmoqda

Lotin Amerikasining Peru mamlakati janubida yuz bergan tabiiy ofat qurbonlari soni 9 nafarga yetdi, deb yozmoqda mahalliy Republika gazetasi mintaqaviy hukumat vakillariga tayangan holda. 

Bundan avval, 4 kishining halok bo‘lgani xabar qilingan edi. 

Rixter shkalasi bo‘yicha 5,4 ballik yer silkinishi 15-avgustga o‘tar kechasi Arekipa ma'muriy hududida yuz bergan. Zilzila markazi Koporake shahridan 3,1 km sharqda joylashgan bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, tabiiy ofat ko‘chkilarni keltirib chiqargan, 80ga yaqin bino vayron bo‘lgan. 40dan ortiq inson turli darajada tan jarohati olgan.