Rio-2016. Avstraliyalik sportchi turnirni tark etgach, parhezni to‘xtatib, o‘zini mehmon qildi
Avstraliyalik badmintonchi Savan Serasingxe Rio-de-Janeyro Olimpiadasini tark etishini ko‘p miqdorda McDonald's mahsulotlari buyurtma qilish bilan "nishonladi". Bu haqdagi ma'lumot Facebook ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirilgan fotosurat ilova qilingan holda tarqalgan.
Serasingxe 13 avgust kuni badminton bo‘yicha juftliklar o‘rtasidagi bahslardan keyin turnirni tark etdi. U o‘shanda o‘z sherigi bilan Taybey vakillariga 0:2 hisobida yutqazgandi. Shu tufayli u ko‘p oydan buyon davom etgan parhezini tugatishga qaror qilgan.
«Men uyga tezroq qaytmoqchiman. Keyingi musobaqaga yaxshiroq tayyorlanishim kerak! Meni qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildiraman. Endi esa mazali taomlar iste'mol qilmoqchiman», — deya qayd etgan Serasingxe.
Badmintonchining buyurtmasida 6 porttsiya fri, 4 burger, 2ta tovuqli sendvich, 4 quti naggets, 6ta shokoladli desert, souslar va ichimliklar o‘rin olgandi.