Sport | 19:50 / 15.08.2016
6545
1 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016, baydarka. Aleksey Mochalov finalga chiqa olmadi

Rio—2016 Olimpiadasining baydarkachilar musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Aleksey Mochalov yarim finalda muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

1000 metrga suzish musobaqasida ishtirok etgan Mochalov marraga beshinchi bo‘lib yetib keldi (3:36:96). Uning bu natijasi final bosqichida ishtirok etishi uchun yetarli bo‘lmadi.

U Fransiya, Polsha va Tunis vakillarini ortda qoldirgan.

Endi Mochalov 16 avgust kuni 9-16 o‘rinlar uchun ishtirok etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish