Sport | 19:40 / 15.08.2016
12700
1 daqiqa o‘qiladi
Rio-2016, yengil atletika. Nigina Sharipova saralash bosqichidayoq turnirni tark etdi
Rio-2016 Olimpiadasida yengil atletika musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Nigina Sharipova 200 metrga yugurish bo‘yicha o‘tkazilgan saralash bahslaridayoq muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
U masofani 23.33 soniyada bosib o‘tdi va finish chizig‘iga 8 sportchi orasida 6-bo‘lib yetib keldi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi. U Qozog‘iston va Pokiston vakillarini ortda qoldirdi.
Guruhdan yarim final bosqichiga AQSh va Venesuela vakillari yo‘l oldi.