Sport | 19:28 / 15.08.2016
5287
1 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016. Yunon-rum kurashi. Abdullayev ilk bellashuvida yutqazdi

Yunon-rum kurashining eng og‘ir vaznda (130 kg.) Rio-de-Janeyro gilamiga chiqqan Mo‘minjon Abdullayev ilk jangida yutqazdi.

Unga nimchorak finalda rossiyalik Sergey Semyonov raqiblik qildi. Mo‘minjon 6 daqiqa davomida baho tortadigan uslub qo‘llay olmadi. Rus atleti esa 3 ochkoga ega bo‘ldi. 

Shu tariqa, Mo‘minjon Abdullayev olimpiadadagi o‘z ishtirokini yakunladi. Agar Semyonov finalga chiqsa, Abdullayev bronza medal uchun kurashni davom ettiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish