Jahon | 18:54 / 15.08.2016
5183
1 daqiqa o‘qiladi
Shoygu: Rossiya va AQSh Halabda hamkorlik qilishga yaqin turibdi
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning bayonot berishicha, Rossiya va AQSh Halabdagi jangarilarga qarshi birgalikda kurashishga tayyor turibdi, deb xabar qilmoqda «Vesti.Ru».
«Biz qadam-baqadam, men hozir faqat Halab haqida gapirayapman, ushbu jafokash mintaqada nihoyat barcha o‘z uylariga qaytishlariga imkon beruvchi tinchlik qaror topishi uchun birgalikda kurashishga yaqinlashmoqdamiz», — degan Shoygu.
Avvalroq, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov, Halabdagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun AQSh va G‘arb bilan hamkorlik qilishga umid qilishini bildirgan edi.