Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkor yo‘liga g‘ov bo‘lganlar tegishli jazo olishdi
Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentining Jizzax viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ayrim jinoyatchilarning faoliyati aniqlandi. Bu haqda «Huquq» nashri yozmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, Paxtakor tumanidagi “Pastkibuloq” suv ist'yemolchilari uyushmasi hududidagi tadbirkor Mansur Tojiyevga qarashli yer maydonidagi qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun «Xovos-Zomin» irrigatsiya tizimi boshqarmasiga qarashli «DM-1» kanali orqali suv yetkazish bo‘yicha tegishli tartibda shartnoma tuzilgan bo‘lib, Jizzax viloyati “Suvnazorat” inspeksiyasi mansabdor shaxslari Qobil O‘sarov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) va Vali Boymatov bilan «unumli» foydalanish payiga tushadi.
Q.O‘sarov shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatini bajarmasdan, suv yo‘lini yopib, tamagirlik yo‘li bilan V.Boymatov orqali tadbirkordan 200 ming so‘m pulni pora tariqasida oladi.
Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud tomonidan qonunbuzarlarga nisbatan tegishli jazo tayinlandi.