Jahon | 11:19 / 15.08.2016
5880
1 daqiqa o‘qiladi

Tayland janubida 3ta portlash ro‘y berdi

Foto: Sputnik

Mamlakat janubidagi Yala provinsiyasida 15 avgustga o‘tar kechasi 3ta portlash ro‘y berdi. Buning oqibatida hech kim jabrlanmagan, qurbonlar yo‘q, deb xabar qilgan politsiya mahkamasi. Ma'lumotlarga ko‘ra, portlovchi qurilma zargarlik,kantselyariya do‘konlari hamda matbuot kioskasi yonida joylashtirilgan. 

"Bundan tashqari, yana ikkita portlovchi qurilma aniqlangan va zararsizlantirilgan", - deb ta'kidlashgan huquq-tartibot idoralarida. 

Politsiyaning fikricha, bombalarni islomiy ayirmachilar o‘rnatgan bo‘lishi mumkin. Mamlakatning Pattani, Yala va Naratxivat provinsiyalarida istiqomat qiluvchilar asosan Islom diniga amal qilib, 11 yildirki, Taylanddan ajralib chiqish uchun kurashib kelmoqda. Shu davr mobaynida 6 mingdan ortiq inson halok bo‘lgan.

11 va 12-avgust kunlari 13ta portlash ro‘y berdi. Oqibatda, 4 kishi halok bo‘lib, 35 kishi jarohatlangan.