Texnologiya | 20:26 / 15.08.2016
3713
2 daqiqa o‘qiladi

Tesla kompaniyasi o‘z saytining xitoycha versiyasidan "avtopilot" so‘zini olib tashladi

AQShning Tesla avtomobilsozlik kompaniyasi o‘z saytining xitoycha versiyasidan "avtopilot" so‘zini olib tashladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniyaning xitoycha saytida Tesla Model S ta'rifida "avtopilot" atamasi o‘rniga "haydashdagi avtomatik yordamchi" (self-assisted driving) degan atama ishlatilmoqda.

Avgust boshida ma'lum qilingandek, Xitoyda avtopilotda ketayotgan Tesla avtomobili avtohalokatga uchragan. 

Tesla vakilining ma'lum qilishicha, saytda atamalarning o‘zgartirilishi "muntazam takomillashuvlar" doirasida, jumladan bir tildan ikkinchi tilga tarjima bilan bog‘liq holda amalga oshirilgan.   

Bundan tashqari, kompaniyada ta'kidlanishicha, kompaniya avtomobillaridagi avtopilot haydovchiga yordam berishga qaratilgan va haydovchi zimmasidan mashinani to‘g‘ri haydash uchun javobgarlikni olmaydi.  

May oyida AQShda Tesla’ning yarim avtonom mashinasi ishtirokida o‘lim bilan tugagan birinchi yo‘l-transport hodisasi yuz bergandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish