Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada aloqa vazirligi tugatildi
Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari No‘'mon Kurtulmush mamlakatning aloqa va kommunikatsiyalar vazirligi tugatilganini ma'lum qildi.
"Aloqa va kommunikatsiyalar vazirligi tugatildi, uning vakolatlari BTKga (Axborot va yuqori texnologiyalar boshqarmasi) berildi", deb aytdi jurnalistlarga Kurtulmush matbuot-anjumanda.
Vazirlik 2005 yilda tashkil etilgandi. Vazirlik majburiyatlariga jumladan turli veb-saytlarni nazorat qilish vazifasi ham kirgan. 2016 yil aprelda vazirlik biror-bir sababsiz Sputnik axborot agentligiga kirishni to‘sib qo‘ygandi va avgustda yana shunday hech qanday sababsiz taqiqni olgandi.
Sputnik-Turkiya bosh muharriri Tural Kerimov akkreditatsiyadan mahrum etilgandi, unga hech qanday tushuntirishsiz mamlakatga kirish taqiqlangan va yashashga ruxsatdan mahrum etilgan. Keyinroq Kurtulmush Kerimovning Turkiyaga kiritilmasligi haqidagi qaror mamlakat xavfsizlik idoralari taklifi bilan qabul qilingani aytgan.