Jamiyat | 20:02 / 16.08.2016
4838
2 daqiqa o‘qiladi

71 yoshli ayol Buyuk Britaniyadagi eng keksa balet raqqosasiga aylandi

Londonda yashovchi 71 yoshli ayol Dorin Peshi Royal Academy of Dance raqs maktabida bitiruv imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgach, Buyuk Britaniyadagi eng keksa balet raqqosasiga aylandi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi. 

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, Dorinning yoshligida uning ota-onasi farzandining raqsga o‘qishiga pul to‘lay olmagan. Muhandis-elektrik bo‘lib ishlagan ayol 10 yil avval pensiyaga chiqqach, bolalikdagi orzusini amalga oshirishga qaror qildi va balet bilan shug‘ullana boshladi. 

Ayol bir nechta mashg‘ulotlardan keyin raqs maktabida imtihon topshirdi. Unga imtihonlardan o‘tgani va mamlakatdagi eng keksa balet raqqosasiga aylangani ma'lum qilindi. Endi ayol oxirgi majburiy bosqichlarga haftasiga 3 martadan murabbiy bilan va har kuni mustaqil ravishda tayyorlanmoqda.

2016 yil aprelda britaniyalik Verdus Xayes 100 yoshlik tavallud kunida jahon rekordini yangilab, dunyoda parashyutda sakragan eng keksa odam bo‘lishga harakat qilgan. U mahalliy shifoxonalarga yordam puli to‘plash maqsadida instruktor bilan birga parashyutda sakragan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish