Jamiyat | 22:18 / 16.08.2016
7292
1 daqiqa o‘qiladi

86 yoshli rohiba Nike reklamasida suratga tushdi

Nike kompaniyasi "Cheksiz yoshlik" deb nomlangan qisqa metrajli film chiqardi. Uning bosh qahramoni "Temir rohiba" degan taxallus olgan Madonna Bader ismli 86 yoshli rohiba bo‘ldi.

Rohiba triatlon bo‘yicha Ironman musobaqasida 45 marta ishtirok etgan. Musobaqa 2,4 milga (3,86 kmga) yugurish, velosipedda 112 mil (180,25 km) yo‘lni bosib o‘tish va 26,2 milga (42,195 km) marafoncha yugurishni o‘z ichiga oladi. Madonna musobaqaning eng keksa ishtirokchisi sifatida rekord o‘rnatgan.