Afg‘oniston qurolli kuchlari jangarilarga qarshi kurashni kuchaytirmoqda
Afg‘oniston armiyasi so‘nggi bir sutka mobaynida 82 nafar jangarini yo‘q qilib, yana 64 nafarini jarohatlagan, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakat sharqidagi Paktiya viloyatida o‘tkazilgan maxsus jangovar amaliyotlar chog‘ida "Tolibon" harakatining 36 jangarisi o‘ldirilgan va 24 nafari yaralangan. Bundan tashqari, "mamlakat shimolidagi Bog‘lon viloyatida 32 terrorchi o‘ldirilgan, 20 nafar jangariga tan jarohati yetkazilgan", - deya mahalliy hukumat so‘zlarini keltiradi agentlik. Boshqa janubiy va shimoliy viloyatlarda 14 jangari o‘ldirilgan va 20 nafari yaralangan.
Shu bilan birga, maxsus amaliyotlar natijasida 12 nafar jangari qo‘lga olingan. Afg‘oniston armiyasining 7 harbiy xizmatchisi amaliyotlar chog‘ida halok bo‘lgan.