Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AIBA: Yirik turnirlar va Olimpiada bahslarida ring-e'lon qiluvchilari paydo bo‘lishi mumkin
Xalqaro Boks uyushmasi (AIBA) tashkil etuvchi barcha yirik turnirlar va Olimpiya o‘yinlarida ring e'lon qiluvchilari paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda, AIBA prezidenti Ching-Kuo Vu TASS agentligiga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
"Ha, bizda ring-gerlzlar (raund raqamini ko‘tarib chiquvchi qizlar) bor, - degan Vu. – Fikrimcha, shou – boksning ajralmas qismidir. Shu bois, ushbu sport turi rivojlanmoqda. Biz o‘zimizning professional ligalarimizda ayrim yangiliklarni sinab ko‘ramiz. Albatta, biz boks haqida so‘z yuritganimizda, ringdagi e'lon qiluvchi ham xayolimizdan o‘tadi. Ehtimol, kelgusida bizda ham shunday bo‘lar".
Ring e'lon qiluvchilar orasida eng mashhuri amerikalik Maykl Baffer hisoblanadi.