Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh: Rossiyada qo‘mondonlik bunkerlari barpo etilmoqda
Rossiya so‘nggi bir necha yillardan beri yerosti qo‘mondonlik bunkerlarini barpo etmoqda. Bular, yadro kuchlarini boshqarish maqsadida amalga oshirilmoqda, deb yozmoqda The Washington Free Beacon AQSh razvedkasi ma'lumotlariga tayangan holda.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, gap butun mamlakat bo‘ylab qurilayotgan «o‘nlab» bunkerlar haqida bormoqda.
Nashrning taxmin qilishicha, bu kabi yerosti boshqaruv punktlari tarmog‘i raketa qo‘shinlarida istiqbolli beshinchi avlod integratsiyalashgan avtomatik jangovar boshqaruv tizimining joriy etilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, nashr MRBning 1997-yildagi hisobotini ham yodga olgan. Unga ko‘ra, Rossiya SSSR parchalanib ketganidan keyin ham yerosti yadro inshootlarini barpo etishni davom ettirgan. Xususan, o‘shanda metroning maxfiy tarmog‘i haqida so‘z borgan edi. U, o‘sha vaqtdagi Rossiya prezidenti Boris Yeltsin qarorgohini Raketa qo‘shinlarini boshqarish punkti bilan bog‘lagan.