Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh hukumati BAAga Guantanamoda saqlanayotgan 15 mahbusni topshirdi
AQSh hukumati Birlashgan Arab Amirliklariga Guantanamo turmasida saqlanayotgan 15 mahbusni topshirdi, deb xabar bermoqda Associated Press.
Ta'kidlanishicha, BAAga 12 nafar yamanlik va 3 nafar afg‘on yuborilgan.
Pentagon ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda turmada yana 61 mahbus qolmoqda.
Ma'lum qilinishicha, AQSh prezidenti Barak Obama o‘zining prezidentlik muddati yakunlangungacha Guantanamo turmasini yopmoqchi. Uning aytishicha, u turmani tugatish masalasini o‘zining vorisiga qoldirmoqchi emas.
Avvalroq AQSh Serbiyaga Guantanamodagi ikki mahbusni topshirgandi.